UX/UI Praktikum kursi
Videokurs 5 ta moduldan iborat. UX/UI bo'yicha amaliyotga asoslangan eng muhim mavzularni to'liq qamrab olgan kurs.
Muallif
Ismoil Safarov
Kurs turi
Onlayn
Davomiylik
20+ soat
Narxi
$200
Kurs haqida
UX/UI Praktikum — raqamli mahsulotlar dizayni bo‘yicha fundamental bilimlardan tortib, xalqaro karyeragacha yetaklovchi professional dastur. Ushbu kursda biz shunchaki chiroyli rasmlar emas, balki biznes muammolarini hal qiluvchi mantiqiy va estetik yechimlar yaratishni o‘rgatamiz.
Foydalanuvchi tajribasi (UX) va interfeys dizayni (UI) sohasida talabgir mutaxassislarni tayyorlash. Dastur Layout, Grid va Kompozitsiya qoidalaridan boshlab, murakkab tizimlar (Dashboard, CRM) va mobil ilovalarni professional darajada loyihalashni qamrab oladi.
Zamonaviy talablarga moslashgan holda, kurs davomida Sun’iy Intellekt (ChatGPT, Galileo AI) vositalaridan foydalanish va ish jarayonini tezlashtirish o‘rgatiladi. Talabalar real keyslar asosida ishlaydi va mijoz bilan muzokara olib borish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Dastur so‘ngida siz nafaqat yaxshi portfolio va professional CV ga, balki frilans bozorida va xalqaro kompaniyalarda o‘z o‘rningizni topish uchun aniq strategiyaga ega bo‘lasiz. Bu — sizning dizayn olamidagi professional yuksalishingiz.





