Azizbek Yusufov uchun ekspert veb-sayt
Loyiha haqida
Ushbu loyiha O'zbekiston marketing sanoatining yetakchi ekspertlaridan biri — Azizbek Yusufovning professional faoliyatini aks ettiruvchi mukammal raqamli platformadir. Bizning jamoamiz oldiga shaxsiy brendning nufuzi va tajribasini zamonaviy veb-sayt orqali ifodalash vazifasi qo'yildi.
Marketing va strategik boshqaruv sohasida 20 yillik tajribaga ega, "Yil odami" mukofoti sohibi bo'lgan mutaxassis uchun yaratilgan premium uslubdagi shaxsiy portfolio veb-sayti.
Ekspertning ko'p yillik tajribasi, AKFA va JCDecaux kabi yirik kompaniyalardagi faoliyati hamda erishgan yutuqlarini foydalanuvchilarga qulay va vizual jozibador tarzda yetkazib beruvchi interfeys yaratish.
Har bir detalida professionallik sezilib turadigan, tezkor yuklanuvchi va barcha qurilmalarga moslashuvchan (responsive) sayt ishlab chiqildi. Bu platforma Azizbek Yusufovning ekspertlik maqomini raqamli makonda mustahkamladi.



















