Instavibe — onlayn ta'lim platforma
Mijoz
Asror Iskandarov
Sana
2024
Muddat
2 hafta
Xizmat turi
UX/UI dizayn
Loyiha haqida
Instavibe — bu zamonaviy media makonida shaxsiy brendni rivojlantirish va influenserlik sirlarini o'rgatuvchi innovatsion platforma hisoblanadi. Asror Iskandarov boshchiligidagi ushbu loyiha uchun biz yoshlar auditoriyasi e'tiborini tortuvchi va yuqori konversiyaga ega dizayn tizimini ishlab chiqdik.
Instagram marketingi, blogerlik sirlari va shaxsiy brend bo'yicha ta'lim beruvchi hamda qiziqarli podkastlarni jamlagan dinamik veb-platforma dizayni.
Yosh va faol auditoriyaga moslashgan, "vibe" atmosferasini beruvchi, shu bilan birga foydalanuvchini o'quv kurslariga yozilishga undovchi intuitiv UX/UI yechimlarini joriy etish.
Brend identifikatsiyasini to'liq ochib beruvchi, yorqin ranglar va zamonaviy tipografiyaga asoslangan vizual qiyofa yaratildi. Natijada platformaning qabul qilinish darajasi va foydalanuvchilar faolligi sezilarli oshdi.
























