Foydalanuvchi tadqiqoti — samarali dizaynning poydevori
User Research UX dizaynning eng muhim bosqichi bo‘lib, foydalanuvchini chuqur tushunishga yordam beradi.
Sana
23.11.2025
Muallif
Ismoil Safarov
Turkum
UX/UI
O'qish vaqti
2 daqiqa
Foydalanuvchi tadqiqoti — UX jarayonining boshlanish nuqtasidir. Bu bosqichda dizayner mahsulotdan kim foydalanishini, ularning ehtiyojlari va og‘riqli nuqtalarini o‘rganadi. Intervyu, persona yaratish, konkurent tahlili, analytics — bularning barchasi to‘g‘ri yechim topishga yordam beradi.
User Persona — tadqiqot natijalaridan olingan ideal foydalanuvchi modeli. U yordamida dizayner qarorlarni aniqroq qabul qiladi. Agar tadqiqot o‘tkazilmasa, dizayn taxminlarga tayanadi va bu ko‘p hollarda xato olib keladi.
Tadqiqot biznes uchun ham foydali. U orqali eng ko‘p talab qilinadigan funksiyalar, foydalanuvchilar kutayotgan yangilanishlar va brend pozitsiyasi aniqlanadi. SAP tomonidan ishlangan foydalanuvchi tadqiqotlarida ishlatiladigan 14 ta asosiy metod haqida qisqa va aniq ma’lumotlar berilgan PDF qo'llanmani bu yerdan ko'rchirib oling!
Tadqiqotsiz UX dizayn bo‘lmaydi. Har bir qaror real ma’lumotga tayanishi kerak.



