Google xaritada biznesingizni qanday rivojlantirish mumkin?
Mahalliy qidiruvlarda yuqori o'rinlarni egallashni istaysizmi? Google Business Profile orqali mijozlar ishonchini qozonish, video-verifikatsiya jarayonidan o'tish va xaritada topilish imkoniyatlarini oshirish bo'yicha to'liq amaliy qo'llanma.
Sana
21.11.2025
Muallif
Ismoil Safarov
Turkum
SEO
O'qish vaqti
2 daqiqa
Sizning ofisingiz, do'koningiz, restoraningiz yoki xizmat ko'rsatish markazingiz bormi? Agar ha bo'lsa, siz uchun eng muhim marketing quroli bu – Local SEO (Mahalliy SEO). Bugungi kunda mijozlar xizmat yoki mahsulot qidirganda, ko'pincha "menga yaqin do'konlar", "restoranlar lokatsiyasi" deb qidiradilar yoki shunchaki Google Xaritadan (Google Maps) foydalanishadi. Agar siz xaritada yo'q bo'lsangiz, mijozlar uchun mavjud emassiz.
Google Business Profile (GBP) nima va u nega muhim? Bu Google kompaniyasining bizneslar uchun bepul vositasi bo'lib, u sizning kompaniyangiz haqidagi ma'lumotlarni (manzil, ish vaqti, telefon, sayt) Qidiruv va Xaritalarda ko'rsatishga yordam beradi. O'zbekistonda bu vosita hali to'liq o'zlashtirilmagan, shuning uchun hozir harakatni boshlab, raqobatchilardan o'zib ketish imkoniyati katta.
Eng dolzarb muammo: Profilni video orqali tasdiqlash (Video Verification) Ilgari Google biznesni tasdiqlash uchun pochta orqali kod yuborar edi. Hozirda esa O'zbekistondagi ko'plab bizneslar uchun jarayon qiyinlashdi va video-verifikatsiya talab qilinmoqda. Ko'pchilik tadbirkorlar bu bosqichda xatoga yo'l qo'yib, profillarini blokka tushiradilar. Qanday qilib to'g'ri o'tish kerak? Google sizdan quyidagilarni bitta uzluksiz videoda ko'rsatishingizni talab qiladi:
Joylashuv: Ko'cha nomi yozilgan tablichka yoki atrof-muhitni ko'rsating.
Biznes mavjudligi: Ofis binosining tashqi ko'rinishi va вывеска (biznes nomi yozilgan lavha).
Boshqaruv huquqi: Ofis eshigini kalit bilan ochishingiz yoki xodimlar hududiga kirishingizni tasvirga oling. Bu jarayon firibgarlardan himoyalanish va haqiqiy biznes ekanligingizni isbotlashning yagona yo'li bo'lib qolmoqda.
Xaritada yuqori o'rinda turish uchun qo'shimcha maslahatlar:
NAP (Name, Address, Phone): Biznes nomi, manzil va telefon raqami barcha joyda (saytda, Instagramda, Googleda) bir xil bo'lishi shart.
Mijozlar sharhlari (Reviews) bilan ishlash: Ijobiy izohlar reytingga bevosita ta'sir qiladi. Mijozlaringizdan xizmat ko'rsatilgandan so'ng 5 yulduzli baho qoldirishlarini iltimos qiling. Eng muhimi – har bir izohga, xatto salbiylariga ham, bosiqlik bilan professional javob qaytaring. Bu boshqa mijozlarda sizga nisbatan ishonch uyg'otadi.
Doimiy faollik: Google profilingizga ham xuddi Instagram kabi yangi mahsulotlar rasmini, yangiliklar va chegirmalar haqida postlar joylab boring.
Xulosa: Mahalliy SEO – bu sizning hududingizdagi "issiq" mijozlarni jalb qilishning eng tezkor usulidir. To'g'ri to'ldirilgan va tasdiqlangan profil, hamda ijobiy sharhlar sizga reklama xarajatlarisiz yangi buyurtmalar olib keladi. Agar verifikatsiya jarayonida qiyinchilikka duch kelsangiz yoki profilingizni professional darajada yuritmoqchi bo'lsangiz, Insan Agency mutaxassislari yordam berishga tayyor.



