Responsiv dizayn — ko‘p ekranli dunyoda majburiy yondashuv
Responsive Design barcha qurilmalar uchun moslashuvchan interfeys yaratish prinsipi.
Sana
24/11/2025
Muallif
Ismoil Safarov
Turkum
UX/UI
O'qish vaqti
2 daqiqa
Bugungi kunda foydalanuvchilar saytga telefon, planshet, laptop va hatto televizordan kiradi. Shuning uchun responsiv dizayn har bir biznes uchun majburiy bo‘lgan standartga aylandi. U orqali interfeys har qanday ekran o‘lchamida qulay ko‘rinadi.
Breakpoints yordamida dizayner ekranga qarab elementlarni qayta joylaydi, shriftlarni moslaydi va grid tizimini o‘zgartiradi. Mobil-first yondashuv esa kichik ekran uchun asosiy versiyani yaratib, keyin kattalashtirishni taklif qiladi.
Responsiv dizayn nafaqat qulaylik, balki SEO uchun ham muhim. Google mobilga mos saytlarni yuqoriroq ko‘rsatadi.
Responsiv dizayn — zamonaviy veb-sayt uchun asosiy talab.



