Saytingiz tayyor, endi nima? Biznes egalari uchun veb-saytdan keyingi yo'l xaritasi
Tabriklaymiz, sizning yangi, zamonaviy va chiroyli veb-saytingiz tayyor bo'ldi.
Sana
15/11/2025
Muallif
Ismoil Safarov
Turkum
Biznes
O'qish vaqti
3 daqiqa
Bu xuddi Toshkent markazida hashamatli do'kon qurib, ochilish marosimini o'tkazgandek gap. Lekin bir savol ochiq qoladi: Bu do'konga mijozlar qanday kirib keladi?
Ko'pchilik biznes egalari sayt ochish — bu marra deb o'ylashadi. Aslida esa, bu poyganing boshi. Sayt — bu shunchaki vosita. Agar uni to'g'ri yurgizmasangiz, u sizga bir so'm ham foyda keltirmay, server to'lovlarini talab qiladigan passiv xarajatga aylanadi.
Saytingiz tayyor bo'lgandan keyin amalga oshirilishi kerak bo'lgan 3 ta asosiy qadam:
1. SEO — qidiruv tizimlari optimizatsiyasi
Sizning hashamatli do'koningiz (saytingiz) shaharning eng chekka berkitilgan ko'chasida joylashsa, unga hech kim kirmaydi. SEO — bu sizning do'koningizga olib boradigan katta va yorug' yo'llarni qurishdir. Maqsad: Mijozlaringiz Google'dan "Toshkentda tish davolash" yoki "Zamonaviy mebellar" deb qidirganda, aynan sizning saytingiz birinchi sahifada chiqishi kerak. Bu qanday amalga oshiriladi?
Ichki optimizatsiya: Kalit so'zlar tahlili, matnlarni to'g'rilash (kontent optimallashtirish).
Texnik SEO: Sayt tezligini, mobil moslashuvni va xavfsizlikni ta'minlash.
Tashqi optimizatsiya: Boshqa sifatli saytlardan havolalar (backlink) olish. SEO — bu tezkor natija bermaydi, lekin uzoq muddatda eng barqaror va deyarli bepul mijozlar oqimini ta'minlaydigan yagona yo'ldir.
2. Kontent-marketing (Blog yuritish)
Saytingiz "tirik" bo'lishi kerak. Google doimiy ravishda yangilanib turadigan va foydalanuvchilarga qiymat beradigan saytlarni yaxshi ko'radi. Maqsad: O'z sohangizda ekspert sifatida obro' qozonish va mijozlarning savollariga javob berish. Qanday? Muntazam ravishda blog yuritish (xuddi siz o'qib turgan maqola kabi), keys-stadilar va yangiliklarni joylab borish. Bu ham SEO'ga to'g'ridan-to'g'ri yordam beradi.
3. Reklama va tarqatish (Distribyutsiya)
SEO natija berishini kutib o'tirmasdan, birinchi mijozlarni darhol jalb qilish kerak.
Google Ads (Kontekst reklama): Odamlar sizning xizmatingizni qidirgan ayni paytda ularga reklamangizni ko'rsatish.
Ijtimoiy tarmoqlar (SMM): Instagram, Facebook va Telegram'da saytingizdagi foydali maqolalar yoki mahsulotlar bilan bo'lishish, u yerda reklama yurgizib, trafikni saytga yo'naltirish.
Saytni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish — bu uzluksiz jarayon. Insan Agency nafaqat veb-sayt ishlab chiqish, balki uni SEO optimallashtirish xizmatlarini ham taklif qiladi, bu sizning sarmoyangizni haqiqiy daromadga aylantirishga yordam beradi.



