UX dizayn — mijozlarni mahsulotga oshno qiladigan jarayon
UX dizayn foydalanuvchi uchun qulay, tez va intuitiv tajriba yaratishni maqsad qiladi. Ushbu maqola UX dizaynning asosiy tamoyillari haqida.
Sana
21/11/2025
Muallif
Ismoil Safarov
Turkum
UX/UI
O'qish vaqti
2 daqiqa
UX dizayn — bu foydalanuvchi bilan mahsulot o‘rtasidagi muloqotni eng qulay tarzda tashkil qilish san’ati va ilmidir. U faqat chiroyli interfeys emas, balki har bir bosqichda texnik, psixologik va vizual yondashuvlarni birlashtiradigan jarayon hisoblanadi. Yaxshi UX foydalanuvchi maqsadiga kamroq bosqichda, tushunarli yo‘llar bilan yetib borishini ta’minlaydi.
UX dizaynning asosi — tadqiqot. Foydalanuvchi kim, u nimaga muhtoj, qaysi muammolarni hal qilmoqchi — bularsiz samarali dizayn bo‘lmaydi. Shuning uchun dizaynerlar intervyu, survey, analytics kabi metodlardan foydalanadi.
Keyingi bosqich — strukturani yaratish. Sayt yoki ilova qanday ishlashi, qaysi sahifalar qaysi jarayonga bog‘lanishi, navigatsiya qanday shakllanishi ahamiyatli. Wireframe va user flow — bu bosqichning asosiy vositalari.
Yaxshi UX dizayn brendga ishonch oshiradi, mijozning mahsulotni tezroq tushunishiga yordam beradi va konversiyani oshiradi. UX bugungi raqobat davrida har bir biznes uchun majburiy elementga aylangan.
UX dizayn — raqamli mahsulotning yuragi. U mavjud bo‘lmasa, foydalanuvchi uzoq turmaydi.



