Media Gate — Toshkent xalqaro aeroportida noyob reklama
Loyiha haqida
Media Gate — Toshkent xalqaro aeroportida ishlash uchun maxsus yaratilgan Indoor Media “Media Gate” Orient Advertising reklama holdingining bo'limi hisoblanadi. Orient Advertising reklama holdingi O‘zbekistondagi reklamaning turli yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan yirik reklama kommunikatsiya agentligi hisoblanadi.
Eski sayt kompaniyaning kreativ salohiyatini va xalqaro tajribasini to‘liq ochib bera olmayotgan edi. Bizning oldimizga qo‘yilgan vazifa — "WOW-effekt"ga ega, interaktiv va dinamik veb-sayt yaratish edi. Sayt tashrif buyuruvchini birinchi soniyadanoq o‘ziga jalb qilishi kerak edi.
Media Gate uchun biz eng so‘nggi veb-trendlarni qo‘lladik. Saytda silliq (smooth) animatsiyalar va zamonaviy vizual effektlardan foydalanildi. Bu kompaniyaning texnologik jihatdan ilg‘or ekanligini ko‘rsatadi.


