CRM tizimi
Mijozlar bazasi, sotuv voronkasi, vazifalar va hisobot bitta oynada. Menejer qaysi mijozga qachon qo'ng'iroq qilishini tizim eslatadi, rahbar sotuvni real vaqtda ko'radi. Tayyor CRM'ni sozlab beramiz yoki biznesingiz uchun o'zimiz quramiz.
CRM tizimi: ish hajmi
- 01Mijozlar bazasi va sotuv voronkasi bosqichlari
- 02Sayt, Telegram, Instagram va telefoniyadan so'rovlar avtomatik tushadi
- 03Vazifalar, eslatmalar va menejerlar bo'yicha hisobot
- 04Shablon xabarlar va avtomatik kuzatuv (follow-up)
- 05Hisob-faktura, shartnoma va to'lov holati
- 06Xodimlarni o'qitish va bir oy bepul kuzatuv
Ish qanday boshlanadi va tugaydi
- 01
Jarayon tahlili
Sotuv, ombor va hisobot hozir qanday yuritilayotganini o'rganamiz — Excel, daftar, Telegram.
- 02
Texnik topshiriq va taklif
Modullar, integratsiyalar, muddat va narx yozma tarzda. Yo'l xaritasi sizda qoladi.
- 03
Bosqichma-bosqich qurish
Har hafta ishlaydigan qism topshiriladi; xodimlar tizimga asta-sekin o'tadi.
- 04
Joriy etish va yordam
Ma'lumotlarni ko'chiramiz, xodimlarni o'qitamiz, bir oy bepul kuzatib turamiz.
Rejaga emas, loyihaga qarab
Tayyor CRM (amoCRM, Bitrix24) ni sozlash 1–3 haftada; biznesingiz uchun maxsus CRM 6–12 haftada quriladi. Narx modullar soni, integratsiyalar va foydalanuvchilar soniga bog'liq — yozma taklifda qat'iy. Uzoq loyihalarda to'lov bosqichlarga bo'linadi.
Shu yo'nalishdagi ishlarimiz
CRM tizimi haqida
Tayyor CRM yaxshimi yoki maxsus?
- Sotuv oddiy bo'lsa — tayyor (amoCRM, Bitrix24) arzon va tez. Jarayon o'ziga xos bo'lsa yoki ombor/ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lsa — maxsus CRM. Konsultatsiyada birga hal qilamiz.
Toshkentda xodimlarni tizimga kim o'rgatadi?
- Biz. Joriy etishda onlayn o'qitish o'tkazamiz, video yo'riqnoma qoldiramiz va bir oy bepul kuzatib turamiz.
Telegram va telefoniya ulanadimi?
- Ha. Telegram bot, sayt formasi, Instagram va IP-telefoniya so'rovlari to'g'ridan-to'g'ri CRM'ga tushadi.
Eski Excel bazamizni ko'chirasizmi?
- Ha. Mijozlar va bitimlar bazasini tozalab, tizimga ko'chiramiz — ish tayyor bazada boshlanadi.
CRM tizimi — shaharlar bo'yicha
Biz Toshkentdamiz, butun O'zbekiston bilan onlayn ishlaymiz: uchrashuv Zoom yoki Telegram'da, demo havola orqali, shartnoma va to'lov masofadan.
Boshqa xizmatlarimiz
Qayerdan boshlashni bilmayapsizmi?
Ikki og'iz yozing — bog'lanamiz va bepul konsultatsiyada vazifangizga eng qisqa yo'lni birga belgilaymiz. Sayt, tizim yoki AI agent — farqi yo'q.

