
SEO xizmati
Mijoz Google yoki Yandex'da qidirganda sizni topishi uchun. Texnik audit, kalit so'zlar, sahifa tuzilmasi, Google Business profili va kontent — hammasi o'lchanadigan natija bilan: pozitsiya, trafik, so'rovlar.
Google va Yandex — mijoz ikkalasida ham qidiradi, ikkalasi uchun ishlaymiz.
Yozma hisobot: pozitsiya, trafik va so'rovlar — nima qilindi, nima o'zgardi.
Google Business profili: xaritada chiqish, sharhlar, toifa va postlar.
Boshlash uchun tahlil: qayerdasiz, raqobatchi nimada oldinda.
Bepul konsultatsiyada saytingizni birga ko'rib chiqamiz: qaysi so'rovlarda qayerdasiz, raqobatchilar nimada oldinda va eng oson o'sish qayerda. Natijani yozma taklif bilan yuboramiz.
Biznesingizga nima beradi
- Savdo tarmoqlari va brend do'konlari uchun mahsulot toifalari bo'yicha sahifalar va Google Shopping'ga tayyor katalog.
- Xususiy klinika va stomatologiyalar uchun xizmat bo'yicha sahifalar va sharhlar bilan ishlash — bemor tanlashda birinchi sahifaga ishonadi.
- O'quv markazlari va xususiy maktablar uchun kurs bo'yicha sahifalar va maqolalar — ota-ona qidirgan savolga javob.
- Restoran, go'zallik saloni va fitnes klublar uchun Google xaritada chiqish — bu yerda Google Business profili hal qiluvchi.
- Startap va IT kompaniyalar uchun mahsulot toifasi bo'yicha so'rovlar, taqqoslash maqolalari va G2 uslubidagi sahifalar.
- Qurilish va ishlab chiqarish kompaniyalari uchun mahsulot va obyekt bo'yicha sahifalar — B2B xaridor qidirgan so'rovga aniq javob.
Ish hajmiga nimalar kiradi
- Texnik audit: tezlik, indekslash, xatolar, tuzilgan ma'lumotlar
- Kalit so'zlar tahlili va raqobatchilar bilan taqqoslash
- Google Business profili: toifa, xizmatlar, sharhlar, postlar
- Sahifa tuzilmasi va ichki havolalar rejasi
- Kontent rejasi va maqolalar — savolga javob beradigan
- Oylik hisobot: pozitsiya, trafik, so'rovlar soni
Ish qanday boshlanadi va tugaydi
Audit
Sayt va Google Business profilini tekshiramiz, raqobatchilar qaysi so'rovda oldinda ekanini topamiz.
Strategiya
Kalit so'zlar, sahifalar rejasi va ish jadvali — yozma taklif bilan.
Amalga oshirish
Texnik tuzatishlar, yangi sahifalar, Google Business profili, kontent — har oy.
O'lchash
Search Console va analitika bo'yicha oylik hisobot; avval 11–20-o'rindagi so'rovlar ustida ishlaymiz — ular birinchi sahifaga eng yaqin.
Boshqa xizmatlarimiz
Ko'pincha ular birga ishlaydi: sayt qurilib, unga AI agent ulanadi, so'rovlar CRM'ga tushadi, SEO esa mijozni o'sha saytga olib keladi.
Barcha xizmatlarimiz bitta joyda.
Barcha xizmatlarQayerdan boshlashni bilmayapsizmi?
Ikki og'iz yozing — bog'lanamiz va bepul konsultatsiyada vazifangizga eng qisqa yo'lni birga belgilaymiz. Sayt, tizim yoki AI agent — farqi yo'q.




