
AI agentlar
Mijoz savoliga o'zbek, rus va ingliz tilida tunu kun javob beradigan, buyurtma yoki qabulni qabul qiladigan va CRM'ga yozadigan AI agent. Saytga, Telegram'ga va Instagram'ga ulanadi; murakkab holatni odamga uzatadi.
Mijoz savoliga tunu kun javob; bilmagan savolni odamga uzatadi.
O'zbek, rus va ingliz tilida — lotin va kirill yozuvida ham.
Sayt, Telegram bot va Instagram Direct — hammasi bitta agentda.
Har suhbat CRM'ga yoziladi — menejer tayyor so'rovni oladi.
Mijozlaringiz eng ko'p so'raydigan savollarni birga ko'rib chiqamiz va agent nimani o'z zimmasiga olishini bepul baholaymiz. Keyin muddat va narx yozma taklifda.
Biznesingizga nima beradi
- Savdo tarmoqlari va brend do'konlari uchun mahsulot mavjudligi, narx va yetkazib berish bo'yicha javob, buyurtmani qabul qilib CRM'ga yozish.
- Xususiy klinika va stomatologiyalar uchun qabulga yozish agenti: shifokor, sana va vaqtni tanlab beradi, eslatma yuboradi, shoshilinch holatni odamga uzatadi.
- O'quv markazlari va xususiy maktablar uchun kurs, narx va jadval bo'yicha maslahat, sinov darsiga yozish va to'lov eslatmasi.
- Restoran, go'zallik saloni va fitnes klublar uchun ish vaqti, narx va bo'sh vaqtga yozilish — Instagram'dagi yuzlab bir xil savolga operator emas, agent javob beradi.
- Startap va IT kompaniyalar uchun mahsulot bo'yicha birinchi darajali qo'llab-quvvatlash va demo so'rovlarini saralash.
- Yetkazib berish va logistika xizmatlari uchun buyurtma holati, narx va muddat bo'yicha javob — mijoz qo'ng'iroq qilmasdan biladi.
Ish hajmiga nimalar kiradi
- Biznesingiz ma'lumotlari asosida o'qitilgan agent: narx, xizmat, manzil, shartlar
- O'zbek, rus va ingliz tilida tunu kun javob
- Buyurtma, qabulga yozilish va so'rovni CRM'ga yozish
- Sayt, Telegram bot va Instagram Direct'ga ulanish
- Odamga uzatish qoidalari va operator paneli
- Suhbatlar tahlili: eng ko'p so'raladigan savollar hisoboti
Ish qanday boshlanadi va tugaydi
Ssenariy va ma'lumot
Mijozlar nima so'rashini yig'amiz: narx, muddat, manzil, shartlar — agent shu bilimga tayanadi.
Sinov versiyasi
Avval Telegram'da ishlaydigan sinov versiyasi: siz o'zingiz sinab ko'rasiz, javoblarni birga to'g'rilaymiz.
Integratsiya
Sayt, Instagram, CRM va to'lovga ulaymiz; odamga uzatish qoidalarini sozlaymiz.
Kuzatuv va o'qitish
Ishga tushgach suhbatlarni ko'rib boramiz va javoblarni yaxshilaymiz; nima o'zgargani hisobotda.
Boshqa xizmatlarimiz
Ko'pincha ular birga ishlaydi: sayt qurilib, unga AI agent ulanadi, so'rovlar CRM'ga tushadi, SEO esa mijozni o'sha saytga olib keladi.
Barcha xizmatlarimiz bitta joyda.
Barcha xizmatlarQayerdan boshlashni bilmayapsizmi?
Ikki og'iz yozing — bog'lanamiz va bepul konsultatsiyada vazifangizga eng qisqa yo'lni birga belgilaymiz. Sayt, tizim yoki AI agent — farqi yo'q.




