Orqaga

ERP · CRM · LMS

Sotuv, ombor, xodim va o'quv jarayoni bitta tizimda. Mijozlar bazasi va voronka, ombor qoldig'i va tannarx, o'quvchilar va guruhlar — rahbar hammasini real vaqtda ko'radi, bo'limlar bir-biriga Excel yubormaydi. Tayyor tizimni sozlab beramiz yoki jarayoningizga moslab o'zimiz quramiz.

Xizmat
0 platforma

Veb, desktop va mobil ilova — hammasi bitta bazada ishlaydi.

1C

Buxgalteriya 1C'da qolaveradi: ma'lumot ikki tomonga sinxronlanadi.

Modul

Tizim modul-modul quriladi: avval eng og'riqli qism, keyin qolgani.

Real vaqt

Rahbar qoldiq, tannarx va foydani telefondan real vaqtda ko'radi.

Sotuv, ombor va hisobot hozir qanday yuritilayotganini bepul o'rganamiz, qaysi modul birinchi kerakligini aytamiz. Yo'l xaritasi va narx yozma taklifda.

Foyda

Biznesingizga nima beradi

  • Savdo tarmoqlari va brend do'konlari uchun filiallar ombori, narx siyosati, kassa va yetkazib beruvchi bilan hisob-kitob bitta bazada.
  • Xususiy klinika va stomatologiyalar uchun bemorlar bazasi, qabul jadvali, dori ombori va kassa — bemor kartasi bilan bog'langan holda.
  • O'quv markazlari va xususiy maktablar uchun o'quvchilar, guruhlar, davomat, o'qituvchilar ish haqi va to'lovlar bitta tizimda.
  • Restoran, go'zallik saloni va fitnes klublar uchun mijozlar bazasi va bron: doimiy mijozga eslatma, chegirma va Instagram'dan kelgan so'rovlar bitta joyda.
  • Startap va IT kompaniyalar uchun B2B sotuv voronkasi, demo so'rovlari va shartnoma bosqichlari — investorga ko'rsatadigan hisobot bilan.
  • Ishlab chiqarish va logistika uchun xarid, ombor, ishlab chiqarish rejasi va yetkazib berish bitta zanjirda — tannarx real vaqtda.
Hajm

Ish hajmiga nimalar kiradi

  • CRM: mijozlar bazasi, sotuv voronkasi, vazifa va eslatmalar
  • So'rovlar sayt, Telegram, Instagram va telefoniyadan avtomatik tushadi
  • Ombor: kirim-chiqim, qoldiq, partiyalar, inventarizatsiya
  • Xarid, yetkazib beruvchilar va ishlab chiqarish rejasi
  • Moliya: xarajat, tannarx, foyda, kassa va bank
  • LMS: kurslar, guruhlar, davomat, uy vazifasi va to'lovlar
  • Xodimlar, rollar bo'yicha kirish huquqi va hisobotlar
  • Veb, desktop va mobil ilova — bitta baza
Jarayon

Ish qanday boshlanadi va tugaydi

  1. Jarayon tahlili

    Sotuv, ombor va hisobot hozir qanday yuritilayotganini o'rganamiz — Excel, daftar, Telegram.

  2. Texnik topshiriq va taklif

    Modullar, integratsiyalar, muddat va narx yozma tarzda. Yo'l xaritasi sizda qoladi.

  3. Bosqichma-bosqich qurish

    Har hafta ishlaydigan qism topshiriladi; xodimlar tizimga asta-sekin o'tadi.

  4. Joriy etish va yordam

    Ma'lumotlarni ko'chiramiz, xodimlarni o'qitamiz va tizim ishlab ketguncha yonida turamiz.

Bepul konsultatsiya

Qayerdan boshlashni bilmayapsizmi?

Ikki og'iz yozing — bog'lanamiz va bepul konsultatsiyada vazifangizga eng qisqa yo'lni birga belgilaymiz. Sayt, tizim yoki AI agent — farqi yo'q.